Respublika kasbiy ko'nikmalar markazi haqida
Respublika kasbiy ko'nikmalar markazining asosiy vazifalari:
- Ishsiz va band bo`lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo`lgan kasblarga o`qitish, kasbga yo`naltirish, jumladan, quyidagi sohalarda 1,2,3,4 oylik o`quv kurslarini tashkil etish;
- Texnik soha mutaxassisligi bo`yicha: yuk ko`tarish kranlari operatori, elektr ustasi, maishiy texnikalarni ta`mirlash ustasi, santexnik ishlari bo`yicha usta, frezerlik ishlari bo`yicha usta, tokarlik ishlari ustasi, payvandlash ishlari ustasi;
- Servis va xizmat ko`rsatish sohasi bo`yicha: kosmetolog, erkaklar sartaroshi, ayollar sartaroshi, neyl-stilist, uqalovchi, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi;
- Raqamli texnologiyalar kurslari: Kompyuter grafikasi operatori, kompyuter savodxonligi, veb-dasturlash va 1C, buxgalteriya;
Respublika kasbiy ko'nikmalar markazi tomonidan bitiruvchilarga beriladigan, kasb-hunar ta`limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan o`qishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat – davlat namunasidagi sertifikatlarni bitiruvchilarga taqdim etishdan iboratdir.